Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro reytinglar doirasida “Race To Zero” xalqaro tashkilotiga a’zolikka qabul qilindi.
QS Sustainability xalqaro reytingi doirasida dunyo bo‘yicha barcha universitetlar “Race To Zero” nol uglerodli kelajakni ta’minlash yo‘lidagi faoliyati alohida baholanadi.
Hozirgi kunda “Race To Zero”ga 1173 ta universitet a’zolikka qabul qilingan bo‘lib, Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekiston Respublikasidan ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan ilk universitetdir.