Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Kerolin Lemm va Kristof Bernaskoni TDYU “Faxriy professori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida ilm-fanni rivojlantirish, uni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish, yurisprudensiya fanidagi mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha alohida muhim vazifalarni bajarganlik, shuningdek, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi fidokorona xizmati hamda universitet nufuzini xalqaro va respublika miqyosida oshirishga hissa qo‘shayotgan milliy va xorijiy mutaxassislar, universitet hamkorlarini “Faxriy professor” faxriy unvoni bilan taqdirlash an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan universitet rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 383-tm-son buyrug‘iga ko‘ra, “White & Case” (Washington, DC) yuridik firmasi hamkori Kerolin Lemm va Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Bosh kotibi Kristof Bernaskoni Toshkent davlat yuridik universitetining “Faxriy professori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

“Faxriy professorlar” haqida quyidagi linklar orqali batafsil ma’lumot olish mumkin: 
Kerolin Lemm… (https://www.whitecase.com/people/carolyn-lamm) 
Kristof Bernaskoni… (https://www.hcch.net/en/governance/team-of-the-permanent-bureau/christophe-bernasconi)

Ma’lumot uchun: mazkur ikki mutaxassis Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan “Yuridik kasb rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi yuridik muhokamalar seriyasi ishtirok etgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar