4 kunlik kurs mashgʻulotlari 2–5-avgust kunlari oʻtkaziladi hamda unda TDYU va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalari ishtirok etadi.
AQSh Savdo vazirligi Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi tomonidan tashkil etilgan kurs mashgʻulotlarini “White & Case” yuridik firmasi, “Putilin Dispute Management” xalqaro yuridik firmasi vakillari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetdagi Vis Moot maktabi bitiruvchilari olib boradi.
Mashgʻulotlarda talabalar xalqaro tijorat va investitsiyaviy arbitraj asoslari, shuningdek, xalqaro savdo huquqi va arbitraj jarayonlarida ogʻzaki taqdimot qilishning amaliy metodlari boʻyicha foydali ma’lumot va koʻnikmalarga ega boʻladi.