Toshkent davlat yuridik universitetida universitet huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida 2023-yilning yanvar-iyul oylari davomida tashkil etilgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 98 nafar bitiruvchiga diplomlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplomlarni TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov topshirdi.