Yaponiya Respublikasining taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi fan va texnologiyalar boʻyicha kengashi raisi Michinari Xamaguchi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU prorektori Baxshillo Xodjayev, Xalqaro bo‘lim bosh mutaxassisi Bobur Uzakov va yaponiyalik mehmonlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yaponiya Respublikasining oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Nagoya universiteti, Nagoya iqtisodiyot univeristeti, Osaka universiteti va MIE universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, talaba va professor-o‘qituvchilarni akademik almashinuv dasturlari doirasida ishtirokchilar sonini oshirish, TDYU qoshidagi Yapon huquqini tadqiq qilish markaziga yaponiyalik yetakchi ekspert va olimlarni jalb qilish hamda ushbu markazda ta’lim oladigan talabalarga yapon tadqiqot metodologiyasini o‘rgatish, Yaponiya Respublikasining taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan har yili taqdim etiladigan stipendiyada stipendiantlar sonini oshirish hamda “Kiber huquq” va “Intellektual mulk huquqi” yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.