Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan anjuman 23-iyun 15:00 da TDYU 1-bino 203-xonada boshlanadi.
Yuridik fanlari doktori, professor, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G‘afur Аbdumajidovning xotirasiga bag‘ishlangan konferensiyada TDYU, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti, M.S.Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti va Batumi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Gibrid formatda bo‘lib o‘tadigan anjumanda quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/81363528973?pwd=V0diTlVDbjR6SVg0Z3FMK2wxYUhrdz09