"Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi — xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson — u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar — ana shu qoidalarga amal qilishi shart."
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, soha mutaxassislarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Hurmatli jurnalistlar, blogerlar va sohaning barcha xodimlari!
Hech qachon xalqimizga tezkor va xolis axborot tarqatishdan tolmang. Doimo so‘zingiz teran, qalamingiz o‘tkir, nigohingiz samimiy bo‘lsin!