“TSUL ICC” jamoasi xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha xalqaro jinoyat sudi protsessi simulyatsiyasida ilk bor oflayn shaklda ishtirok etmoqda
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi mazkur tanlovda Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalaridan ishtirok etayotgan yagona jamoadir.
“TSUL ICC” jamoasi Gaaga shahrida xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “International Criminal Court Moot Court” musobaqasida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro musobaqa yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan rolli o‘yin bo‘lib, taraflar oqlovchi, qoralovchi, davlat maslahatchisi (ba’zan jabrlanuvchi) sifatida bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.
Ushbu tanlovning 2023-yil uchun keysi ekologik jinoyatlar va yangi texnologiyalarga bag‘ishlangan.
Ma’lumot uchun: TDYU jamoasi 2020-yildan beri mazkur tanlovda onlayn tarzda ishtirok etib kelayotgan edi. Tanlov 2023-yilda oflayn shaklga qaytib, unda dunyoning 55 davlatidan 86 ta nufuzli universitetlarning vakillari ishtirok etmoqda.