Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUga xorijiy fuqarolarni qabul qilish shartlari

Xorijiy fuqarolarni TDYUga qabul qilish tartibining huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 347-son qarori.

TDYUga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish shartlari

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda o‘qishga kirishga va ta’lim olishga haqlidir.

Talabalar o‘qishi qonun hujjatlarida xorijiy fuqarolar uchun nazarda tutilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun o‘qishga kirish imtihoni

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun arizalarni qabul qilish muddati

Xorijiy fuqarolarning qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 15-martdan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolardan hujjatlarni qabul qilish tartibi

TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali topshiriladi.

Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish to‘g‘risidagi arizani to‘ldirib, unda:

ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shakli;

xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi;

xorijiy fuqaro suhbat o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi ko‘rsatiladi.

Elektron arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;

belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat;

3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.

Hujjatlarda kamchiliklar bo‘lsa nima qilish kerak?

Taqdim qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzil bo‘yicha xorijiy fuqaroga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda xorijiy fuqaroga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan man qilinadi.

Xorijiy fuqarolar uchun o‘qishga kirish suhbati qachon o‘tkaziladi?

Suhbat 2–10-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolar uchun o‘qishga kirish suhbati natijasini baholash

Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga ballarni qo‘yishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi bo‘yicha aniqlanadi.

Qaysi hollarda xorijiy fuqarolar o‘qishga qabul qilinmaydi?

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);

suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganda.

Xorijiy fuqaro o‘qishga qabul qilingach kontrakt summasini qachon o‘tkazish kerak?

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori 15 sentabrdan kechiktirilmay o‘tkazilgandan so‘ng TDYU rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolarga 2 sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.