Toshkent davlat yuridik universitetida
ochiq eshiklar kuni yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish,
yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yetkazish shuningdek,
universitetning ilmiy, o‘quv va yoshlar bilan ishlash jarayonlari bilan
yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ochiq eshiklar kuni o‘tkazilish sanasi va joyi haqida ommaviy
axborot vositalarida e’lon berilib, tashrif buyuruvchilar onlayn (“google
forms”da) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
O‘zbek, rus, ingliz tilida muloqot olib
boruvchi talaba-yoshlardan iborat volontyorlar guruhi ochiq eshiklar kuniga
tashrif buyuruvchilarni ularga ma'qul bo‘lgan tilda sayoxat qiluvchi guruhlarga
bo‘lib olinadi.
Oliy ta'lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur va xarita asosida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi. Tashrif buyuruvchilarga quyidagilar: vaqt reglamenti, ma’ruza mavzusi, ma’ruzachi haqida ma'lumot va mashrut yo‘nalishlari aks ettirilgan dastur beriladi.
Ochiq eshiklar kunida oliy ta'lim
muassasasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodhonligini oshirish borasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatinig ijrosini
ta'minlash sohasida qilinayotgan ishlar, shuningdek OTM tarixi,
ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ilmiy, o‘quv jarayonlari haqida batafsil
ma'lumotlar berib o‘tiladi. Bundan tashqari OTM binolari, axborot-resurs
markazi, laboratoriyalar, sport zallari kabi talaba-yoshlarning ta'lim olishi,
darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar
haqida ham ma'lumotlar berish orqali tur tashkil etiladi.
Tur yakunida tashrif buyuruvchilarning ixtiyoriga ko‘ra esdalik uchun fotosessiya tashkil etiladi.