Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining kuni va vaqti belgilandi

TDYU huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari quyidagicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

— Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey:
Sana: 27-iyul 07:30 da.
— Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-uy manzilida joylashgan "O‘zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasining 2-pavilyonida; 
— Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko‘chasi, 98 "A"-uyda joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida.

— Namangan viloyat akademik litseyi:
Sana: 27-iyul 07:30 da.
Namangan shahri Istiqlol ko'chasi 3-uy Barkamol avlod sport majmuasi markaziy arenasida

— Samarqand viloyat akademik litseyi:
Sana: 27-iyul 07:30 da.
Samarqand shahri, Ro‘dakiy ko‘chasi, 243-uy manzilida joylashgan Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida.

Eslatma: Abituriyentlar test sinovlariga kirish uchun litsey.uzbmb.uz elektron platformasidan ruxsatnomani yuklab olib, uni chop etilgan holda soat 07:30 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqida guvohnoma yoki ID karta) bilan kelishlari lozim.