Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xorijda o‘qishni davom ettiruvchi TDYU bitiruvchilari uchun tashkil etilgan yozgi maktab boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi maktab mashg‘ulotlarida ishtirokchilar AQSH huquqiy tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, ular huquqiy muammolarni hal qilish, jumladan, keyslarning huquqiy tahlilini tayyorlash va taqdim etishning CREAC usuli, delikt huquqi, shartnomalar tushunchalari va oqlov kelishuv muammolari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazmoqda.

Yozgi maktab mashg‘ulotlarini Boston kolleji yuridik maktabining (AQSH) amaliyot bo‘yicha professori E. Joan Blum, Illinoys texnologiya instituti, Chikago-Kent yuridik kolleji professori Lourene Kontento va huquqshunos, professor Daniel Xassenfeld kabi tajribali ekspertlar olib bormoqda.