Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov Boltiq arbitraj kunlarida ishtirok etmoqda.
Nufuzli anjuman doirasida I.Rustambekov Vilnius universiteti va Mikolas Romeris universiteti vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, birgalikda maqolalar chop etish va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, anjuman davomida Xalqaro savdo palatasi Arbitraj sudi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda mazkur nufuzli tashkilot mutaxassislari tomonidan TDYU talabalar uchun treninglar tashkil etish, xalqaro arbitraj tadbirlarida ishtirok etish, O‘zbekistonda investitsiya va biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlar, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr almashildi.
Load More Post...