Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy huquq fanining dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan anjuman 24-iyun 10:00 da TDYU 3-bino katta majlislar zalida boshlanadi.

Yuridik fanlar doktori, professor Alisher Azizxo‘jaevning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada TDYU, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti, Hindistonning “Christ University of Law” universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.

Gibrid (onlayn va an’anaviy) formatda o‘tkazilayotgan anjumanda quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/88472919631?pwd=EF2f0j68Hb6F9Aeua1oE223BE077GE.1⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠