Dunyoning TOP–1000 oliy ta’lim muassasalari roʻyxatiga kiruvchi Italiyaning Bari shahri Universiteti (UniBA)da Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarini yetakchi xorijiy mamlakatlar universitetlari bilan amalga oshirilayotgan akademik almashinuv, magistratura (LLM) va doktorantura(PhD) dasturlariga tayyorlash boʻyicha ijobiy tajriba haqida taqdimot oʻtkazildi.
Tadbirda TDYU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Baxshillo Xodjayev talabalarga xorijiy tillar, akademik yozuv (Legal Writing), xorijiy mamlakatlar huquq asoslarini oʻrgatishda zamonaviy yondashuv va usullari haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, taqdimotda TDYUda bir necha yil faoliyat yuritgan Boston College Law School professori E. Joan Blum va “Regional Dialogue” xalqaro NNT Oʻzbekistondagi filiali direktori Petra Gorjup soʻzga chiqishdi. Universitetimizda amalga oshirilgan ishlarga taqdimot ishtirokchilari tomonidan yuqori baho berildi.
Ma’lumot uchun: har yili 70 nafardan ortiq TDYU talabalari akademik almashinuv dasturlari doirasida 6 oygacha boʻlgan muddatga yetakchi xorijiy mamlakatlar universitetlariga oʻqishga yuboriladi. Shuningdek 100 nafardan ortiq TDYU bitiruvchilari chet elda oʻqishni davom ettiradi.
Load More Post...