Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.
Kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar mavjud bilimlarini yanada mustahkamlash hamda IELTSdan yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kurslar davomida talabalar 4 ta ko‘nikma (speaking, writing, listening, reading) bo‘yicha darajalarini oshirishi va mock imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.
Mashg‘ulotlar 1-oktabrdan boshlanadi.
Kurslarda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali test topshiring va til ko‘nikmalari bo‘yicha darajangizni aniqlang: https://forms.gle/1vp8mBhHQTaRuZC96
Load More Post...