Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro universitetlar assosiasiyasi (International Association of Universities)ning 70 yilligiga bag‘ishlangan muhim tadbirda ishtirok etadi.
Xabaringiz bor, joriy yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro universitetlar assosiasiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Shu munosabat bilan universitet assosiasiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga rasmiy ravishda taklif qilindi.
Onlayn shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirda assosiasiya a’zolari va hamkorlarining jahon miqyosida oliy ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi xususida ma’lumot beriladi. Shuningdek, BBC telekanalida assosiasiya haqida qisqa metrajli filmi namoyish etiladi.
Tadbir 9 dekabr kuni soat 18:00 da boshlanadi.
Barcha professor-o‘qituvchilarimizni ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etishini so‘raymiz!
Unda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc56OZyl4lJFT8qQLSS6_59Tk6mRGr_CJoHz5QgyCHMYDOxiA/viewform
____________________________
Ekologiya va tabiiy resurslar huquqi sohalariga qiziquvchi tatqiqotchi talabalar, professor-o‘qituchilar va ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!
Sizni Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan “Ekologiya va tabiiy resurslar bilan bog‘liq huquq sohalarini tatqiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida o‘tkazilayotgan mahorat darsiga taklif qilamiz!
Mashg‘ulotda siz ekologiya sohasida ilmiy tatqiqotlarni amalga oshirishning afzalliklari, soha qonunchiligining rivojlanish tendensiyalari va bu yo‘nalishdagi xorijiy hamkorlik istiqbollari haqida respublikamizning yetuk ekolog-huquqshunos olimlaridan o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘lasiz!
Mahorat darsi ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi va 30-noyabr soat 10.30da boshlanadi.
Unda quyidagi link orqali ishtirok etishingiz mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/9959944410?pwd=TUpka2pwa1h6K3pEL2lmelBYaDEwQT09