Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabalarini markaz faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar 8-sentabrda TDYU 3-bino katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda fakultetlar quyidagi grafik asosida ishtirok etishi mumkin:
11:00 – 12:00 | “Ommaviy huquq” va “Jinoiy odil sudlov” fakultetlari;
12:00 – 13.00 | “Xususiy huquq” va “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakultetlari.
Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universiteti hamkorligida tashkil etilgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazida talabalar yapon tili bilan birgalikda yapon huquqini ham o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Markazning asosiy maqsadi talabalarga yapon tili va huquqini o‘rgatish, markazda tahsil olayotgan talabalarning huquq sohasida mustaqil tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun ko‘maklashishdir.
Markaz uchun qabulda yapon tilini bilish talab etilmaydi.
Load More Post...