Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga nemis huquqi va huquqiy tizimi, shu jumladan, Yevropa huquqi va qiyosiy huquq asoslari bo‘yicha ilmiy yo‘naltirilgan ta’lim berish maqsadida tashkil etilgan dastur TDYUning nemis tilini A2 – C1 darajasida biladigan bakalavriat va magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan.
“Nemis huquqi va qiyosiy huquqshunoslik” dasturi doirasida talabalar nemis huquqi va qiyosiy huquqshunoslikning asosiy xususiyatlarini o‘rganadi.
Bundan tashqari, Flying Faculty tamoyili asosida tashkil etilgan darslarda ishtirokchilar Germaniya konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik va jinoyat huquqining asosiy tamoyillari, shuningdek, huquq metodologiyasi va qiyosiy huquqshunoslik haqida ma'lumot oladi.
Dastur nemis yuridik terminologiyasini o‘rganish bo‘yicha intensiv til kurslarini va Regensburg universitetida yozgi kursni o‘z ichiga oladi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar Regensburg universiteti huquq fakultetida magistrlik darajasini (LLM) olishi mumkin.
Dasturda istirok etishni istaganlar arizalarini 18-sentyabrga qadar manuchehr.kudratov@ur.de elektron pochtasiga yuborishi kerak.
Ariza berish jarayoni haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun dastur koordinatori Manuchehr Kudratov (manuchehr.kudratov@ur.de) ga murojaat qiling.
Ariza shaklini yuklab olish…
Load More Post...