Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik xizmatlar va yuridik kasblar bozorini tartibga solish: Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha va Slovakiya misolida” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti hamda “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ma’ruzani Germaniya Advokatlar palatasining xalqaro huquqiy hamkorlik bo‘yicha direktori doktor Veronika Horrer olib boradi.
Ma’ruzada advokatura sohasiga oid xorijiy tajriba bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Tadbir 8-fevral 14:30 dan boshlab TDYU 1-bino Kengashlar xonasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun: Dr. Veronika Horrer Germaniya, Ukraina va Avstraliyada huquq bo‘yicha ta’lim olgan. 2007-yilda Germaniyada advokatlik maqomiga ega bo‘lgan. 2016-yilda “Rossiya Federatsiyasida sudlarning mustaqilligi” mavzusidagi dissertatsiyasi uchun doktorlik unvonini qo‘lga kiritgan. Doktor Horrer Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT), Yevropa Kengashi va Venetsiya Komissiyasining mustaqil eksperti sifatida faoliyat yuritgan.
Load More Post...