“Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy-amaliy jurnalining 2023-yil navbatdagi soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.
Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
– maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
– maqola yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
– maqolalarda berilgan ma’lumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan bo‘lishi lozim, ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
– maqolada muallif(lar)ning ORCID ID, elektron pochta va telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.
Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hay’ati va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra nashrga tavsiya etiladi.
Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yo‘nalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Ilmiy maqola matnini criminologyjournal@tsul.uz pochta manzili yoki Tahririy-nashriyot bo‘limining (93) 126-62-33 (https://t.me/kriminologiya_qabul) telegram raqamiga yuborish lozim.
Maqolalar 28-fevralga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli bo‘lganda, maqola qabul qilish to‘xtatiladi.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Tahririy-nashriyot bo‘limining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi mazkur rasmiy kanalidan olishingiz mumkin – https://t.me/tdyutnb
Koordinator:
Orifjon Choriyev, TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun telefon raqamlari: +998 71 233-66-36 (1169).
E-mail: criminologyjournal@tsul.uz