Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda Kolumbiya huquq maktabi professori Kabir Duggal ishtirokida davra suhbati o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Xalqaro arbitrajda dalillar va ishni taqdim qilish” (“Evidence in international arbitration and how to represent the case”) mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Ingliz tilida bo‘lib o‘tadigan anjumanni Kolumbiya huquq maktabi professori, “Arnold and Porter’s” (Nyu-York, AQSH) firmasi advokati, xalqaro investitsiya va xalqaro tijorat arbitraji, xalqaro ommaviy huquq masalalari bo‘yicha mutaxassis, arbitr Kabir Duggal olib boradi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmatida, xalqaro investitsiya va xalqaro tijorat arbitraji, xalqaro huquq va xorijiy tashkilotlar bilan ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi yuristlar, mutaxassislar, advokatlar uchun mo‘ljallangan davra suhbati 2-mart 14:00 dan boshlab TDYU 3-bino 221-xonada o‘tkaziladi.