Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Befаrq emаsmаn” mavzusida ijodiy mаteriаllаr tаnlovi e’lon qilindi

Tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari oʻzlarining kreativ gʻoyalarga asoslangan materiallari bilan ishtirok etishi mumkin.

Ijodiy materiallar tanloviga topshiriladigan ijodiy materiallar fuqarolarni 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi referendumida faol ishtirok etishga targ'ib qilishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Ijodiy mаteriаllаr tаnlovi quyidagi yoʻnalishlarda o‘tkaziladi:
• plakat dizayni;
• videorolik;
• ijtimoiy tarmoq uchun post.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallarga qoʻyiladigan talablar:
– plakat dizayni А2 formatda (594 x 420 mm) boʻlishi kerak;
– videorolik davomiyligi 1 daqiqa 30 soniyadan oshmasligi kerak. Bunda istalgan qurilma, jumladan, telefon kamerasida suratga olingan videoroliklar ham qabul qilinadi;
– ijtimoiy tarmoq uchun post matni 4000 bosma belgidan ortib ketmasligi va post 1–2 ta foto bilan birgalikda taqdim etilishi kerak.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari quyidagicha mukofotlanadi (har bir yoʻnalish boʻyicha):
• 1-oʻrin — 1 000 000 soʻm;
• 2-oʻrin— 750 000 soʻm;
• 3-oʻrin— 500 000 soʻm.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov yoʻnalishlariga muvofiq tayyorlangan materiallarni 15-aprelga qadar mazkur linkda koʻrsatilgan onlayn shaklni toʻldirgan holda topshirishi kerak: https://forms.gle/shp57FnxwDMHupZS7

Tanlov uchun taqdim etilgan materiallar Justy.uz va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi universitetning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. 24-aprel 16.00 dan keyin har bir postga qoʻyilgan ijobiy layklar soni hisoblab chiqiladi. Bu jarayonda Justy.uz ijtimoiy tarmogʻida toʻplangan 1 ta ijobiy layk uchun 2 ball, Facebook ijtimoiy tarmogʻida toʻplangan 1 ta ijobiy layk uchun 1 ball beriladi.

Shuningdek, materiallar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi va ijtimoy tarmoqlardagi layklar soni asosida hisoblangan ballar bilan qoʻshilib, yakuniy natija aniqlanadi.

Tanlov yakuniga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.