9-avgust 14:00 va 16:00 da 1-bino 203-xonada Toshkent davlat yuridik universiteti xuzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlisda: Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi Toshev Otabek Sodiqovichning “12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv institutining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi;
Toshkent davlat yuridik universitetining tayanch doktoranti Primov Baxtiyor Olim o‘g‘lining “12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Dastlabki tergovda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
Muhokamada quyidagi ZOOM link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/87952253163?pwd=V1psTkJVZTNXYzVyaktXODdTS3ArUT09
ID: 879 5225 3163
Kod: 123