Toshkent davlat yuridik universiteti Kovorking markazida TechnoWays texnologik rivojlanish marafonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor B.Xodjayev so‘zga chiqib, marafonning maqsadi va uni o‘tkazish tartibi haqida qisqacha ma’lumot berdi hamda marafonni ochiq deb eʼlon qildi.
Shuningdek, marosim davomida TDYU Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi direktori S.Latipov tomonidan “Startap uchun gʻoyani qayerdan topish mumkin?” nomli mavzuda seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida startap loyihalarni boshlash uchun g‘oyalarni izlab topish, xizmatlar bozori muammolarini o‘rganish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.