Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Kurslarda o‘qish uchun barcha oliy maʼlumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 31-oktyabrga qadar centerqabul.tsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda amalga oshiriladi.

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
– fuqarolik pasporti;
– oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
– 3,5x4,5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Kurslarning qabul kvotasi 100 nafarni (davlat tilida), to‘lov-kontrakt miqdori esa 13 300 000 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar