“Zukko Yurist” turnirining final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. 50 ga yaqin jamoa ishtirok etgan bellashuvlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — “Outsiderlar” jamoasi;
2-o‘rin — “Union” jamoasi;
3-o‘rin — “Iceberg” jamoasi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, turnir ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi:
— “Qonun bilimdoni va badiiy adabiyot” yo‘nalishi bo‘yicha “Eng zukko yurist” — Jasurbek Sodiqov;
— Mantiqiy savollar” yo‘nalishi bo‘yicha “Eng zukko yurist” — Mujohid Zayniyev.
Bundan tashqari final o‘yinlarining mehmon jamoalari — DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 3 ta jamoasi diplom va esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi.