Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ammar Yunas yuqori darajadagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasining yuqori malakali xorijiy mutaxassisi Ammar Yunasning “INNOWEEK — 2022” va “ICTWEEK UZBEKISTAN — 2022”dagi ishtiroki Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yuqori baholandi

Xususan, Ammar Yunas Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashining birinchi yig‘ilishida Maslahat kengashiga a’zolik guvohnomasini oldi hamda sun’iy intellekt etikasi va Markaziy Osiyo texnologiya qonuni bilan bog‘liq loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, u “INNOWEEK — 2022” doirasida o‘tkazilgan “Ilm va innovatsiya — 2022” xalqaro yosh olimlar ilmiy konferensiyasining yalpi majlisida “Zamonaviy Yevrosiyo jamiyatida sun’iy intellekt etikasi sharhi” mavzusida ma’ruza qildi.

Bundan tashqari, Ammar Yunas “ICTWEEK UZBEKISTAN — 2022” doirasida “Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo nalishlari va huquqiy tartibga solish muammolari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda “Progression of ICT Laws in Central Asia” mavzusida ma’ruza qildi.

Shu bilan birga ushbu seminarda TDYU “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti Liliya Achilova ham “Elektron tijoratda tovarlarni sotib olish va sotishning me’yoriy-huquqiy bazasi” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar