Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

“Baxtli oila — farovon kelajak” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti Ra’no Ismailova va TDYU “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti Liliya Achilova ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan foydalai ma’lumotlarni berdi.

Mahorat darsini Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Javohir Kulizoda olib bordi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligi hamda unda kutilayotgan o‘zgarishlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Javohir Kulizoda olib bordi.

Aziz Xaqberdiyev “Munosib mehnat standartlarini o‘rnatilishida Xalqaro mehnat tashkilotining roli” mavzusida seminar o'tkazdi

TDYU Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Aziz Xaqberdiyev tomonidan Italiyaning Milan universiteti (Università Cattolica del Sacro Cuore) talabalari hamda mehnat huquqi bo‘yicha mahalliy advokatlar uchun “Munosib mehnat standartlarini o‘rnatilishida Xalqaro mehnat tashkilotining roli” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar doirasida O‘zbekistonda olib borilayotgan mehnat sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur universitet QS xalqaro reytingida TOP-500 universitetlar ro‘yxatiga kiradi.

Tadbir doirasida A.Xaqberdiev Milan universitetining professori Mariangela La Manna, Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro trening markazi mutaxassislari bilan fikr almashdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tomonidan “Криминолог и Я” ilmiy to'garagi a'zolari uchun “Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsini Navoiy viloyat prokuraturasi, prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori F.Djalolov olib bordi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yosh olimlar kengashi raisi, “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Liliya Achilova “Huquq va innovatsiyalar: texnologik inqilobning yangi chaqiruvi” II Volga yuridik kongressida “Стратегии развития электронной коммерции в Центрально-азиатском регионе” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tumed – xalqaro bitiruvchilar assotsiatsiyasi rahbari, O’zbekiston yoshlari Turkiya vakili, Istambul universiteti ilmiy tadqiqotchisi Ergash Jumayev ishtirokida TDYU magistratura talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot olib borishning zamonaviy tendentsiyalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti Liliya Achilova tashabbusi bilan “Baxtli oila – farovon kelajak garovi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti Ra'no Ismailova ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda qarindoshlar o'rtasidagi nikoh, erta homiladorlik, erta turmush qurish, ajralish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida "Xususiy huquq” fakulteti 4-bosqich talabalari Madinabonu Ahadova, Asal Ro'zmetova, Sevara Settiyeva “Gender tengligi” kitobining taqdimotini o‘tkazdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yosh olimlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan "PublishPlease” loyihasi g‘olibi, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi Madina Ashurovaning Yosh olimlar kengashi raisi Liliya Achilova bilan hammuallikda yozilgan "Значение и роль понятия “публичный порядок” в международном коммерческом арбитраже" sarlavhali maqolasi "Вестник юриста" ijtimoiy-huquqiy va ilmiy-amaliy jurnalida chop etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Li, S.Yusupov, A.Jurayev, Sh.Jurayev, A.Jurayeva, X.Soyipov va Y.Saidazimov tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumida “Umumiy ma’muriy huquqqa kirish” mavzusida mahorat dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘qituvchilar talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Yakunda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Ma'muriy va moliya” huquqi kafedrasi oq'tuvchisi A.Axrorov tomonidan Adliya vazirligi Ma'muriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Maxsudov ishtirokida "Ommaviy xizmatlar ko'rsatish tartib-taomillari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

"Ma'muriy huquq/Ma'muriy sud ish yurituvi" fani doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida talabalarga jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko'rsatish tartib-taomillari, onlayn davlat xizmatlarini ko'rsatish masalalari tushuntirib berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar