Tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari, professor-oʻqituvchilari va doktorantlari jamoaviy tarzda ishtirok etishi mumkin. Bunda ilmiy jamoa rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi talab etiladi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi kodekslaridan biri yoki bir nechtasiga sharh tayyorlash maqsadida 2022-yil 25-dekabrga qadar b.shamsutdinov@tsul.uz elektron pochta manzili orqali tegishli namunaga asosan ariza topshirishi kerak.
Tanlov yakunida mualliflarga tayyorlangan sharhlar hajmiga qarab, bir mualliflik tabogʻi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 1,06 koeffitsiyent (2022-yil 19-dekabr holatida 975 200 soʻm) miqdorida haq toʻlanadi. Bunda sharhlanayotgan normaning matni mualliflik tabogʻini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun TDYU Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi (Behruz Shamsutdinov)ga murojaat qiling.
Murojaat uchun telefon: +998 71 233-66-36 (ichki raqam: 1047).