Toshkent davlat yuridik universitetida dotsent Ilyuza Mirzayeva tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Mohir ustoz va ardoqli muallim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Tadbir 23-dekabr 12:30 da TDYU 3-bino 221-xonada bo‘lib o‘tadi.
I.Mirzayevaning hayot yo‘li va tajribalarini o‘rganish, uning ilmiy merosini tadqiq etish va yoshlarga yetkazish, ustozning faoliyati haqida yosh yuristlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan anjumanda TDYU rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, Ilyuza Mirzayevaning shogirdlari va talabalar ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun: Ilyuza Mirzayeva 1991—2005-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Rus tili” (keyinchalik “Rus va o‘zbek tili”) kafedrasining birinchi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.