Toshkent davlat yuridik universiteti va N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti oʻrtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti talabalarini Akademik almashinuv doirasida TDYUga jalb etish bo‘yicha muzokaralar tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda TDYUda talabalar uchun yaratilgan uchun sharoit va imkoniyatlar, o‘quv va ta’lim jarayonlari, ta’lim yo‘nalishlari, talabalar bilan ishlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash borasida universitet tajribasi haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdimotlar davomida N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti mutasaddilari va talabalari tomonidan berilgan savollarga TDYU mas’ullari javob berdi.