Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Targʻibot poyezdi” loyihasi oʻtkazilmoqda.
Aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligi, xususan, referendum borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Men befarq emasman” shiori ostida oʻtkazilayotgan loyiha doirasidagi tadbirlar 3–6-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.