Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Botirjon Qosimovning 2022-yil 1-avgustdan 29-oktabrga qadar AQShning Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi va uning huzuridagi Berkli Sud tadqiqotlari institutida o‘tagan ilmiy stajirovkasi

TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 
yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Botirjon Qosimovning 2022-yil 1-avgustdan 29-oktabrga qadar AQShning Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi va uning huzuridagi Berkli Sud tadqiqotlari institutida o‘tagan ilmiy stajirovkasi

TAFSILOTLARI

 

Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Botirjon Qosimov 2022-yil 1-avgustdan 29-oktabrgaqadar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati Berkli shahrida joylashgan Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi hamda uning huzuridagi Berkli Sud taqdiqotlari institutida ilmiy stajirovkao‘tab qaytdi.

 

I. Ilmiy stajirovka o‘talgan muassasa haqida ma’lumot

Berkli Kaliforniya universitetiga 1868-yilda asos solingan bo‘lib, u AQSHdagi davlat universitetlari milliy reytingida 1-o‘rinni egallaydi. 2022-yilda U.S. News & World Reportga ko‘ra, u dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida 4-o‘rinda qayd etilgan.

QS reytingida dunyo universitetlari orasida 27-o‘rinni egallagan. Universitet professor-o‘qituvchilarning 22 nafari Nobel mukofotini olgan.

Bundan tashqari, hozirda mazkur universitetda 10 nafar Nobel mukofoti laureatlari faoliyat olib boradi.

Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi AQShning huquq maktablari reytingida 9-o‘rinni egallaydi.

Berkli Kaliforniya universiteti ko‘plab yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borladigan ilmiy muassasa bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi olimlar mazkur universitetda ilmiy izlanishlar olib boradi.

Ilmiy stajirovka bevosita Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi kutubxonasi resurslari, maxsus yuridik elektron platformalarning resurslariga tayangan holda olib borildi.

 

II. Ilmiy stajirovka bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tafsiloti

Ilmiy stajirovka “Ensuring juducial independence in the United States of America” (“Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash masalalari”) tadqiqot mavzusi doirasida hamda Huquq maktabi huzuridagi Sud tadqiqotlari institutiningijrochi direktori, iste’fodagi federal sudya Jeremi Fogelning mentorligida olib borildi.

Tadqiqot mavzusi quyidagi reja va vaqt kesimida,bosqichma-bosqich olib borildi.

Reja

Bajarilgan vaqt

1) Sud hokimiyati mustaqilligi tarixi va sud hokimiyati mustaqilligiga doir nazariy qarashlarni tadqiq etish;

2) Sud hokimiyati mustaqilligi va javobgarligining nisbatini tadqiq etish;

2022-yil avgust

3) Federal va shtatlar miqyosida sud hokimiyati mustaqilligiga nisbatan to‘siqlar va ularning kelib chiqish manbalarini tadqiq etish;

4) Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni tadqiq etish;

2022-yil sentabr

5) Federal va shtatlar sudyalarini intizomiy javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari va amaliyotini o‘rganish;

6) Sudlar faoliyatini raqamlashtirish va uning sud hokimiyati mustaqilligiga ta’sirini o‘rganish.

2022-yil oktabr

 

Botirjon Qosimov ilmiy stajirovka davomida Huquq maktabining ikki nafar nufuzli professorlari:Huquq maktabi dekani Ervin Chemirinskiy va Amanda Taylerning konstitutsiyaviy huquq va tadqiqot ishi bilan bog‘liq fanlar bo‘yicha darslarini kuzatdi.

Shuningdek, 2022-yil 19-oktabr kuni Kaliforniya shtatining Okland shahrida joylashgan federal sudda sudya Haywood S. Gilliam Jr. tomonidan olib borilgan sud protsessida ishtirok etdi.

III. Ilmiy stajirovka natijalari

 

Olib borilgan izlanishlar natijalari bo‘yicha “research paper” yozildi va 2022-yil 24-oktabrdaHuquq maktabi jamiyati uchun onlayn tadqimot shaklida himoya qilib berildi.

 

Huquq maktabi saytida taqdimot haqida e’lon:

https://www.law.berkeley.edu/event/ensuring-judicial-independence-in-the-united-states-and-lessons-for-uzbekistan/

 

Shuningdek, “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud hokimiyati mustaqilligini taminlash masalalari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida monografiya chop etildi. Monografiya bilan Toshkent davlat yuridik universitetining kutubxonasida tanishish mumkin.

 

Bundan tashqari, Constitutional Elements of Judicial Independence: are they enough in the Constitution of Uzbekistan? ilmiy maqolasi “Jamiyat va innovatsiyalar” elektron jurnalining 2022-yil 10-sonida e’lon qilindi.

Maqolani o‘qish uchun link:

https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/2442

 

Botirjon Qosimov 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun “Berkli Kaliforniya universiteti: taassurotlar va ilmiy tadqiqot natijalari” mavzusida, talabalari uchun “Kaliforniyadan taassurotlar va AQShda yuridik ta’lim” mavzusida onlayn taqdimotlar o‘tkazdi.

Taqdimot (PowerPoint) “Konstitutsiyaviy huquq”kafedrasining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Konstitutsionalist” kanaliga joylashtirilgan.

https://t.me/dhbkafedra

 

Botirjon Qosimov stajirovka davomida orttirganbilim va ko‘nikmalardan pedagogik va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar