Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi 322-sonli qaroriga ko‘ra, davlat organlari va davlat tashkilotlarida ishlayotgan va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bunday xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 1 martalik 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun umumiy tartibda tanlov o‘tkaziladi va ular OTMlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradi.

Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra to‘plangan ball bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar davlat komissiyasi taqsimlagan kvotalar asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda, alohida qabul parametrlari doirasida, tanlovga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Bunda umumiy kvota joriy yildan boshlab har yil uchun 500 ta etib belgilanmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar