Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi bilan bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda talabalarga prokuratura organlari tizimi, faoliyati, prokuratura tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi vakillari, Yashnobod tuman prokurori yordamchisi, TDYU xodimlari va talabalar ishtirok etgan tadbirda “Bo‘lajak prokurorlar klubi” faoliyati, unga a’zo bo‘lish tartibi, klub a’zosi bo‘lgan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.
Tadbirda prokuratura tizimida ishlashni istagan va “Bo‘lajak prokurorlar klubi”ga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.