Talabalarning huquqiy ong va madaniyatini yanada yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish va shu orqali yigit-qizlarda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga qaratilgan tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tanlov uchun TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan qonunchilikdagi eng so‘nggi yangiliklar asosida 500 ta test va 600 ta blits-savollar tuzildi.
Ikki bosqich — onlayn test va og‘zaki suhbat shaklida o‘tkazilgan tanlovda 2 ming nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, TDYU talabalari Javohir Ismoilov va Nozimjon Odilov 2-o‘rinni, Oybek Ahmedov va G‘olibjon Ne’matov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi mudiri Sh.Ismoilov, kafedra professor-o‘qituvchilari X.Burxonxodjayeva va L.Rahimqulova tanlov va apellyatsiya komissiyasi a’zosi sifatida ishtirok etdi.