Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Rim Sapienza universiteti bilan hamkorlik qiladi

USAID LRP ko‘magida TDYU va Rim Sapienza universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyaning Italiya Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori Akbar Tashkulov, TDYU mas’ul xodimlari, Rim Sapienza universiteti xalqaro aloqalar va xalqarolashtirish bo‘yicha prorektori, professor Bruno Botta, universitetning yuridik fakulteti dekani, professor O.Diliberto, xalqaro shartnomalar bo‘limi rahbari Jovanni Mariya Vianello ishtirok etdi.

Tashrif davomida TDYU delegatsiyasi a’zolari Rim Sapienza universiteti faoliyati, tuzilmasi, o‘quv va ilmiy jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, TDYU va Rim Sapienza universitetining yuridik fakulteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma hamda Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomani imzolash masalalarini muhokama qilinib, bu borada kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, tomonlar talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi.

Ma’lumot uchun: Rim Sapienza universiteti 1303-yilda Rim Papasi Bonifatsiy VIII tomonidan asos solingan eng qadimiy universitetlardan biridir. U Yevropaning eng yaxshi universitetlaridan biri bo‘lib, doimiy ravishda Italiya va Janubiy Yevropadagi oliy o‘quv yurtlari reytingida yuqori o‘rinlarda turadi. Universitet kunduzgi ta’lim talabalari soni bo‘yicha Italiya Respublikasidagi eng yirik universitet hisoblanib, xalqarolashtirish bo‘yicha Italiya universitetlari orasida 1-o‘rinni egallaydi.

Rim Sapienza universitetining 10 nafardan ziyod bitiruvchilari Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Universitet QS World University Rankings reytingida 202-o‘rinni egallagan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar