Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 16-sentabrga qadar TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– Akademik transcript nusxasi;
– Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
– Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– Boshqa sertifikatlar;
Loyiha 2023-yilning bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.