Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU psixolog lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
– tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
– soha bo‘yicha, qoida tariqasida universitet psixologi sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
– o‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish va ish yuritish;
– sohaga yangi zamonaviy metodlar, texnologiyalar qo‘llay olish;
– mijoz (xodim, talaba)ning o‘ziga ishonch va ruhiy jihatdan o‘zini qayta tiklashga qat’iyligini singdirish qobiliyati (kirishuvchanlik, ochiqlik, xushmuomalalik, empatiya, xayrixohlik, konfidensiallik)ga ega bo‘lish.

Mehnatga haq to‘lash va imtiyozlar:
– oylik ish haqi – 8 mln. so‘mdan 16 mln. so‘mgacha. Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berib boriladi;
– har bir bayram uchun mukofot pullari beriladi;
– adliya organlari va muassasalari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
– ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.

Tegishli hujjatlarni quyidagi link orqali yuborish mumkin https://vacancy.adliya.uz/vacancy/758#⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar