Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Otabek Narziyev xalqaro yozgi maktabda mashg‘ulot o‘tkazdi

Joriy yilning 18–26-avgust kunlari Immanuel Kant nomidagi Baltika Federal Universitetida “Kelajak yuristlari: muvaffaqiyatga erishish uchun zaruriy ko‘nikmalar” mavzusida xalqaro yozgi maktab tashkil etildi.

Xalqaro oromgohda TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlari doktori Otabek Narziyev tomonidan “Mediatsiya — nizolarni muqobil hal qilishning samarali usuli” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘n birinchi marta tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda bo‘lajak huquqshunoslarga Rossiya, Gretsiya, AQSh, Armaniston, Gollandiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professorlari tomonidan yuristlar uchun zarur bo‘lgan foydali ma’lumotlar berildi. Xususan, talabalar huquqiy argumentlar va protsessual hujjatlarni tuzishning nozik tomonlarini tushunish, shartnomalarni ingliz tilida tuzish, professional rivojlanish va advokatning kasbiy etikasi, Legal Tech mahsulotlarini ishlab chiqishda o‘zini sinab ko‘rish, dalillar bilan ishlash va sudda chiqish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar