Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

GrDU va KAZGYU bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar 10-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi

Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) va M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozogʻiston Respublikasi) o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qoʻshma ta'lim dasturlariga hujjatlarni qabul qilish muddati 10-sentabrga qadar uzaytirildi.

Quyidagi linklar orqali orqali qo‘shma dasturlarga topshiriladigan hujjatlar tanishish mumkin:
TDYU va Grodno davlat universiteti… 
TDYU va KAZGYU… 
Hujjatlarni onlayn tartibda topshirish boʻyicha yoʻriqnoma

Ma’lumot uchun: Grodno davlat universiteti va KAZGYU bilan qo‘shma dasturlarga kirish sinovlarining 1-bosqichi doirasida suhbatlar 12-16-sentabr kunlari oraligʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Suhbatlarning aniq jadvali alohida e’lon qilinadi.