Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2022/2023-oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalari, universitet faoliyatiga qiziquvchi insonlar uchun “Bir kun talaba boʻling!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.

Tadbirda ishtirokchilar universitet bilan bevosita tanishish, TDYU haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

Shuningdek, ularga bir kunga talaba boʻlish imkoniyati beriladi.

“Ochiq eshiklar kuni”: 
29-iyunda bakalavriatga topshirmoqchi boʻlgan abituriyentlar uchun;
30-iyunda magistraturaga topshirmoqchi boʻlgan abituriyentlar uchun oʻtkaziladi.

Tadbir 10:00 da universitet binosida boshlanadi.

“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etish uchun quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: https://forms.gle/Smw7fpKekNCjXe2h6

Hodisalar

Barcha e'lonlar