“Hilton Tashkent city” mehmonxonasida “O‘zbekiston energetika forumi – UEF 2022” o‘z ishini boshladi.
Forum dasturida 24-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” va II Xalqaro energetika anjumanlari o‘tkaziladi.
Xalqaro forumda 15 dan ortiq mamlakat, xususan, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, O‘zbekiston, Fransiya, Yaponiyadan ma’ruzachilar, 200 nafardan ziyod delegatlar, soha mutaxassislari, ekspertlar, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Olim Narzullayev ishtirok etmoqda.