Muhammadamin Karimjonov Qo‘qon shahridagi 11-umumta'lim maktabi tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi
Qo‘qon shahridagi 11-umumta’lim maktabida davra suhbati tashkil etildi.
Anjumanda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va shahar adliya bo‘limi xodimlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan voyaga yetmaganlar huquq va majburiyatlari, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarga qonunchilikdagi imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.