IV Qozon xalqaro huquqshunoslik forumi yakunlandi.
Huquq, iqtisodiyot va biznes sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish, biznes, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi huquqiy munosabatlar sohasidagi dolzarb muammolar va zamonaviy tendensiyalarni aniqlash hamda ularni tahlil qilish maqsadida 2022-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan forumning joriy yilgi yalpi majlisi “Huquq davri: ko‘p qutbli dunyoda universal til izlab” mavzusida bag‘ishlandi.
Xalqaro anjumanda BRIKS va MDH mamlakatlari, shuningdek, Eron, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi jami 28 mamlakatdan 1500 nafardan ortiq ishtirokchi, xususan, davlat organlari vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, huquqshunos olimlar, taniqli jamoat va davlat arboblari, shuningdek, biznes doiralar vakillari qatnashdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Govherjan Yuldasheva forum doirasidagi “Zamonaviy dunyo tartibining chaqiriqlari sharoitida xalqaro huquqning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi roli” nomli sessiyada “Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro huquq va mintaqaviy hamkorlikning roli: O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.