Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muftulla Xojabekov va Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Bobur Qoryog‘diyev stajirovka o‘tash uchun Polshaning Adam Miskevich universitetiga tashrif buyurdi.
Stajirovka davomida B.Qoryog‘diyev va M.Xojabekov Polshadagi mehnat hamda fuqarolik huquqi institutlarini o‘rganish bilan bir qatorda huquq sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va professorlarning darslarini kuzatib, ularning o‘qitish uslublarini tahlil qildi. Xususan, Huquq va boshqaruv fakulteti ilmiy-innovatsion ishlar bo‘yicha dekan muovini Martyna Kusak bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, TDYU o‘qituvchilari polshalik talabalar uchun professor Yakub Kepinskiy taklifi asosida mahorat darsini tashkil etib, ularga o‘z tadqiqotining maqsad-vazifalari haqida ma’lumot berdi. Mashg‘ulotda asosiy e’tibor qit’a huquqi mamlakatlarida tasvirga bo‘lgan huquq himoyasini muhokama qilishga qaratildi.