Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Targʻibot poyezdi” — huquqiy bilim va maʼrifat sari harakat

Hududlarda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi “Targʻibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhlari tomonidan keng jamoatchilikka yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish, Vatanimiz kelajagi va ravnaqi yо‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, yoshlarni intellektual va maʼnaviy yetuk etib tarbiyalash hamda barqaror siyosiy taraqqiyotning drayveriga aylantirishga qaratilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, loyiha davomida ishtirokchilarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli viktorina va quiz-testlar, tanlovlar tashkil etilib, ularda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alar, flayer va Konstitutsiya kitoblari taqdim etilmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar