--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari Istanbulda o‘tkazilgan “The Rise of Turkic World” (“Turkiy dunyoning yuksalishi”) mavzusidagi yozgi maktabda ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari Sarbinaz Rasbergenova va Nodira Allaberganova Ibn Xaldun universiteti hamda Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “The Rise of Turkic World” (“Turkiy dunyoning yuksalishi”) mavzusidagi ikkinchi yozgi maktabda qatnashdi.

Yozgi maktab turkiy davlatlarning yetakchi olimlari, diplomatlari va mutaxassislarini turkiy mintaqa doirasida xalqaro hamkorlik, huquqiy aloqalar va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun bir joyga to‘pladi.

Keng qamrovli dastur doirasida TDYU vakillari xalqaro huquq bo‘yicha panel munozaralar, Turkiy davlatlar tashkilotining tuzilishi va vazifalari haqidagi seminarlar, diplomatik, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga oid majlislar, shuningdek, yuridik ta’limning zamonaviy usullari bo‘yicha mahorat darslarida faol qatnashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti