Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, www.digital.tsul.uz platformasida ishlash tartibi, oraliq va yakuniy nazoratni o‘tkazish, intensiv kurslar, universitetning Odob-axloq kodeksi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar, TDYUda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar va klublar haqida ma’lumot berildi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.